Windows 7 operatsion tizimini o’rnatish(rasmlar asosida)
Muallif: Abbos Mirzo bo’lim: Bo‘limsiz 23.02.2015 0 1,402 marta o’qilgan
Ko‘p saytlarda Windows 7 operatsion tizimini o‘rnatish haqida maqolalar mavjud, ba’zi birlari nomiga yozilgan, ba’zilari tushunarsiz yozilgan, foydalanuvchilar uchun yozilganlari kam. Shunday bo‘lsa ham, bu maqolalarning ko‘pi rus tilida. Shu sababli, maqolani o‘zbek tilida, imkon qadar tushunarli yozishga harakat qilaman. BizWindows 7 Ultimate 64x operatsion tizimini o‘rnatamiz.
Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o‘qiladi(ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.
Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishiga zamin yaratamiz(zamin yaratamiz ). Zamin yaratgandan so‘ng, quyidagi oynaga duch kelamiz.
Rus tilini tanlaymiz, chunki o‘zbek tili yo‘q. Далее
Установить
Albatta, litsenziya shartlariga rozi bo‘lamiz, Далее
Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlish kerak bo‘ladi, biz “Полная установка“bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.
Kompyuterga ulangan disklarni qism(razdel)larga bo‘lamiz. Bizning holda bitta disk mavjud, bu diskni kamida ikkiga bo‘lish shart, asosiy qism(tizim fayllari joylashadi), ikkinchisi zaxira qism(yuklanturguvchi(windows loader, bootmgr) dasturi joylashadi).
“Создать“yozuvi orqali diskni bo‘lamiz, zaxira qism o‘zi avtomat hosil bo‘ladi.20000Mb asosiy qismga ajratdim, Windows 7’da zaxira qism 100mb’ni tashkil qiladi. Qolgan joy(10.5Gb) bo‘sh qoldirildi. Mening diskim kichik bo‘lgani uchun, asosiy qismga kam joy berdim(20gb atrofida), siz bunday qilmang, kamida 40gb joy ajrating. Chunki operatsion tizim(Windows 7 Ultimate) taxminan 11 Gb joy oladi.
Shundan so‘ng, fayllar ko‘chirilishi va ularni ochib, o‘rnatilish boshlanadi.
O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi.
Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomiga parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Далее
Mahsulotning kaliti va pastki qismida avtomat yangilanishni yoqish(avtomat yangilanish haqida) haqida xabar.
Xavfsilkni yoqish, odatda man bu parametrni o‘chirib qo‘yaman, havfsilik masalasini antivirus orqali hal qilaman va sizga ham shuni maslahat beraman.”Отложить решение“.
Vaqt, kun, soat o‘rnatiladi, Далее
Shu bosqichdan so‘ng, o‘rnatilish yakunlanadi, tizimni ishlatish mumkin.
USB флешка ёки SD-карта орқали Windows 7 ўрнатиш
Бу мақолада ман сизларга USB ёки телефон флешкаси орқали компьютерга операцион тизим қўйишни тушунтираман. Бу операцион тизим ўрнатишнинг жуда фойдали ва қулай усули ҳисобланади. NetBook эгалари! бу мақола асосан сизлар учун.
Демак бошладик, диққат билан ҳар бир қадамни тўғри бажаришга ҳаракат қилинг. Ман ўзим шу орқали операцион тизим қўйишга эришдим.
USB-флеш ни Windows 7 юкланиши(загрузкаси) учун тайёрлаймиз.
1. USB-флеш оламиз: энг ками 4ГБ бўлсин, SD-карта ҳам бўлаверади. USB портга улаймиз. Эхтиёткорлик зарар қилмайди, чунки USB-флешка ичидаги маълумотларингиздан айрилишингиз аниқ.
2. Windows’да CMD.EXE’ни ишга туширамиз. Бу нималигини билмаганлар учун )))) эслатиб ўтаман: ПУСК->ВЫПОЛНИТЬ->CMD’ни териб ENTER тугмасини босамиз. экранда қора фонли ойна чиқади. Администратор рухсати билан бўлсин албатта.
3. Дискларни бошқарувчи буйруқ дискпарт командасини терамиз, сўнг DISKPART> таклифини кутамиз. Кутишнинг зарари йўқ, ўрганасиз.
4. List disk командасини териб, у ердан ўзимизнинг флешкамизни топиб оламиз. Флешка номи одатда Disk1 деб номланади, лекин бошқача ҳам бўлиши мумкин.
5. select disk # (бу eрда # — бизнинг USB-драйв номери, 4 — пунктда олинган номер) — select disk1’ни терамиз. Бундан кейинги барча операция ушбу USB-флешка ичида амалга оширилишини англатади.
6. Clean’ни терамиз. Алвидо менинг маълумотларим.
7. USB-флешкада янги бўлим яратиш(создать) учун — create partition primary’ни терамиз.
8. select partition1 терамиз, сўнг уни активлаштирамиз. Активлаштириш учун Active командасини терамиз.
9. Активлаштирилган бўлимни NTFS файл тизимида ишлаши учун формат format fs=NTFS’ни терамиз ва форматлаймиз.
10. Кейинги команда ASSIGN. Қурилмани улаш жараёнини активлаштириш, яъни ҳосил қилинган бўлимлар(разделлар) учун харфлар оламиз. Баъзи компьютерлар бу буйруқдан сўнг янги флешка компьютерга уланди деган хабар беради.
11. Лирик чекиниш қиламиз. Ман ҳар доим ишим хатосиз кетаётган бўлса, бироз лирик чекиниш қиламан.
а. Икки пашша шифтга кўниб турибди. Биринчиси дебди:>
— Одамлар аҳмоқ-да!
— Нега?
— Шифтни безаш учун шу-у-нча пул сарфлашадию, ўзлари полда юришади.
б. Сели в машину, компьютерщик, новый русский и слесарь. Заводят — не заводиця. Слесарь говорит:
— Сейчас я гляну, что случилось, все сделаю — и поедем.
Новый русский говорит:
— Сиди, я сейчас по сотовому позвоню, приедет бригада мастеров и все быстро сделает.
А компьютерщик говорит:
— Может, все выйдем из машины и снова зайдём?
)))) мана кулишиб ҳам олдик энди давом эттирамиз.
12. Diskpart’дан чиқиш учун exit’ни терамиз.
USB-драйв кейинги жараёнлар учун тайёр.
Диққат Диққат. Windows 7 дистрибутивларидан бири ёзилган DVD-дискни оламиз.
12. Сўнг яъна бир бор CMD.EXE ойнасини очамиз.
13. Диск учун аталган ҳарфга ўтамиз. Мисол учун G:
14. CD\BOOT — дистрибутивнинг boot каталогига ўтамиз.
15. Кейинги команда bootsect /nt60 I: — команадaсини терамиз, бу eрда I: — биз тайёрлаган USB-флешка учун берилган харф. Ушбу команда I: дискдаги загрузчикни Windows 7 загрузкаси учун тўғиpлаб беради.
Биз ишлаётган Операцион тизим ва USB-флешкага загрузчики ўрнатилаётган Windows 7 дистрибутиви бир хил битга эга бўлиши керак(32 бит ёки 64 бит).
Шундан сўнг ўрнатиладиган Windows 7 ўрнатма пакетлари USB-флешкага кўчирилади. Буни командалар қаторида xcopy ёки robocopy командалари ёрдамида бажарса ҳам бўлади. Ёки оддийгина кўчириб қўйиш ҳам мумкин (CTRL+C va CTRL+V).
16. Энди бемалол нетбукка USB-флешкани улаб, Windows 7 ни ўрнатиш мумкин.
Windows OT ini o’z kompyuterga o`rnatish
Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz. So’ng rufus dasturining quyidagi bo’limlari haqida tushunchaga ega bo’lamiz:
1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko’rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo’lmagani kerak bo’ladi);
2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini belgilanadigan bo’lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to’liqroq ma’lumot berib o’tamiz, bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini o’rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz;
3. Fayl tizimi ya’ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo’ladi (keyingi mavzularimizda bu haqda tushuntirib o’tamiz);
4. Klaster o’lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o’rnatish uchun 4096 bayt bo’ladi;
5. Fleshkamizning Windows OT ini o’rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday bo’lishi shu yerda yoziladi;
6. Bu yerda formatlash sozlamalari keltirilgan.
ESLATMA. Yuqoridagi barcha parametrlar siz Windows ning o’rnatuvchi paketini tanlagan vaqtingiz avtomatik sozlanadi va u yerdagi hech narsani o’zgartirish tavsiya etilmaydi.
Rasmda ko’rsatilgan tugmani bosamiz
Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko’chirib olgan Windows OT ining o’rnatuvchi paketini tanlaymiz
Mana bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz
Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o’rnatiluvchi paketi yozilgan bo’ladi
Mana endi bizda Windows OT ni o’rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz.
“BIOS” termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bo’lgan qurilmalarga nisbatan qo’llaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida “PROM” yoki “Boot” terminlari qo’llaniladi.
Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bo’lsa, siz qo’rqmasdan “BIOS” terminini qo’llasangiz bo’ladi.
«BIOS» — bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizim osti tizimidir. Ya’ni, siz kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o’rnatmagan bo’lsangiz ham sizning kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko’rish, qo’shiq eshitishni ta’minlash emas, foydalanuvchi o’ziga mos Operatsion Tizim (OT) ni o’rnatishini ta’minlab turishdir.
“BIOS” kompyuterning doimiy xotirasiga o‘rnatilmaydi, shuning uchun operatsion tizimingiz o‘chib ketsa ham BIOS hech ham o‘chmaydi.
BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni ta’minlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi.
Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi firmalar odatda o‘zlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi:
• F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• F2 + delete — agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• F2+Fn — agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o’rnida qo’llaniladi;
• F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida qo’llaniladi;
• F1 – ba’zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo’llanilishi mumkin;
• Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo’lsa, unda quyidagi kombinatsiyalardan birini qo’llab ko’ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter, Fn+F1, Ctrl+Ins
Hozirgi kunda zamonaviy ko‘rinishdagi BIOS lar ham keng tarqalmoqda
Windows o’rnatilgan diskovod yoki fleshkani ishga tushirish uchun BIOS ga kiriladi va u yerdan BOOT qismi topiladi.
U yerda o’zimga kerakli disk/fleshkani 1-o’ringa qo’yamiz.
1-o’ringa qo’yish har bir BIOS tizimida uning yangi eskiligi, ishlab chiqargan firmasiga qarab turlicha amalga oshiriladi. Jumladan, eski turdagi BIOSlarda siz 1-o’rinda turga qurilma nomiga bossangiz, u sizga mavjud qurilmalar ro’yxatini ko’rsatadi, siz shulardan o’zingizga keragini birinchi o’ringa qo’yasiz, birinchi o’rinda turgani esa tanlangan qurilmaning o’rnini egallaydi.
Yangiroq turdagi BIOS larda esa bu amaliyot F5 va F6 tugmalari (yoki boshqa F tugmalarda) amalga oshiriladi. Ya’ni, siz o’zingizga kerakli disk/fleshka nomini belgilaysiz va yo F5 (past) yo F6 (tepa) tugmalarini bosgan holda tartibini o’zgartirasiz.
Boshqa turdagi BIOS larda (“POST” yoki “Boot”) bu boshqacha tarzda amalga oshirilishi mumkin (F1 va F2; “+” va “-” va boshqacha tarzda) .
Biz BIOS ni sozlamasini sozladik endi fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuterni yoqamiz. Qora ekranimiz chiqishi bilan istalgan klaviaturani klavishlaridan biri bir necha bor bosamiz.
Bizda Windows ni qaysi tilda o’rnatish haqida so’rov chiqadi. Shuni tanlab so’ng «Next» tugmasini bosamiz
Bu oynada «Install» now tugmasini bosamiz
So’ngra biz «Лицензионное соглашение» ga qabul qilaman deb galochkani belgilaymiz va «Next» tugmasini bosamiz
Bu yerda Windows ni o’rnatish boyicha turini tanlimiz. Bizga boshidan o’rnatish kerakligi sababli biz «Выборочная» ni tanlimiz
Windows OT o’rnatadigan joyni tanlaymiz va «Далее» tugmasini bosamiz
So’ng bizda Windows OT ini o’rnatish jarayoni boshlanadi
O’rnatish tugagandan so’ng bizga kompyuterimizning nomini kiritishimiz talab etiladi va o’zimiz istagan fon rangini tanlashimiz mumkin
«Использовать стандартные параметры» tanlaymiz
Foydalanuvchi nomi, parol va parol uchun kalit so’z kiritamiz (o’tgan darslarda yangi foydalanuvchi yaratishni ko’rgan edik. Bu yerda ham xuddi jarayonni bajaramiz)
Windows OT ining sozlamalari tugashini kutamiz
Sozlamalar tugaganda so’ng bizda quyidagicha yozuv paydo bo’ladi